Video rezyumeni qanday yozib olish kerak
Post yaratish

Video rezyumeni qanday yozib olish kerak

Muvaffaqiyatli video rezyume tayyorlash uchun quyidagi qadamlarga amal qiling. Esingizda bo'lsin, sizning videongiz ish beruvchilar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki ular aynan shu asosda sizga ish taklif qilish yoki qilmaslikni hal qilishadi. Video 1,5 daqiqadan oshmasligi, ingliz tilida bo'lishi va profilingizga yuklangan bo'lishi kerak. Videoga nimalarni kiritish kerak? Videongizni qiziqarli va ma'lumotli qilish uchun ushbu savollardan yo'riqnoma sifatida foydalaning: 1. O'zingiz haqingizda gapirib bering: * Qayerda o'qiysiz? * Mutaxassisligingiz nima va nechanchi kursda o'qiysiz? * Qachon bitirishni rejalashtiryapsiz? Karyera maqsadlaringiz qanday? 2. Bo'sh vaqtingizda nima bilan shug'ullanasiz? * Xobbi yoki qiziqishlaringiz bilan o'rtoqlashing. * Aka-ukalaringiz yoki opa-singillaringiz bormi? 3. Tajribangiz: * Chet elda bo'lganmisiz? Balki boshqa almashinuv dasturlarida qatnashgandirsiz? * Ish tajribangiz bormi? Qayerda ishlagansiz va qanday vazifalarni bajargansiz? 4. Nima uchun Work and Travel USA? * Dasturda ishtirok etishga nima uchun qiziqasiz? * AQShda nimani ko'rish va o'rganishni xohlaysiz? Videoni qanday yozib olish kerak? 1. Joylashuv va fon: Tinch, yaxshi yoritilgan va chalg'ituvchi shovqinlar bo'lmagan joyni tanlang. Shovqinli odamlar yoki ta'mirlash ishlari ketayotgan fonlardan qochishga harakat qiling. 2. Kiyim: Ozoda va oddiy kiyining. Rasmiy kostyum shart emas, lekin kiyim neytral ranglarda bo'lsa yaxshi. 3. Nutq: Aniq va me'yorida gapiring. Matnni qog'ozdan o'qimang, aksincha, erkin gapiring, bu sizning o'zingizga bo'lgan ishonchingiz va shaxsingizni ko'rsatadi. 4. Ijodkorlik: Shaxsingizni ko'rsatishdan qo'rqmang. Ish beruvchini qiziqtirish uchun videoni noyob qilishga harakat qiling. Eng muhimi: videoni e'tiboringiz uchun rahmat aytib va yaxshi kun tilab yakunlang. Videoni yozib olish yoki yuklash bo'yicha savollaringiz bo'lsa, iltimos, koordinatoriingiz bilan bog'laning. Omad!