Aviachiptalarni qachon sotib olish kerak
Post yaratish

Aviachiptalarni qachon sotib olish kerak

J-1 Visa tasdiqlanib, berilgandan so'ng, siz Qo'shma Shtatlarga aviachiptalaringizni xarid qilishni boshlashingiz mumkin. Odatda fevraldan maygacha Work and Travel USA dasturi ishtirokchilari AQSh elchixonasida suhbatdan o'tadilar. Viza tasdiqlanganini bilganingizdan so'ng, chiptalarni qidirishni boshlashingiz mumkin. Viza suhbatidan oldin chipta sotib olmang, ayniqsa chipta bekor qilinganda 100% ushlab qolinadigan tarif bo'yicha sotib olingan bo'lsa. Viza rad etilgan taqdirda, aviakompaniya chipta narxini to'liq yoki qisman qaytarib bermaydi. Xarid qilishdan oldin, aviakompaniya bilan bog'lanib, bekor qilish yoki sanani o'zgartirish shartlari va qoidalari bilan tanishib chiqing, chunki turli aviakompaniyalarning qoidalari va tariflari turlicha bo'lishi mumkin. Bog‘liq mavzular: - Aviachiptalarni qayerdan topish mumkin - J-1 Visa - Viza suhbatining mumkin bo'lgan natijalari