Bir kuni menda dam olish kuni bo'ldi. Men vaqtni bekorga ketkazmay, Albanyga ularning skeyt-do'koniga borib, krossovkalar va skeytbord sotib olishga qaror qildim. Aynan ketishdan oldin yomg'ir boshlandi, men xafa bo'ldim. Biz ketayotgan paytda yomg'ir umuman to'xtamadi, hatto yanada kuchaydi. Avtobusdan chiqqanim bilanoq darrov quyosh chiqib, yomg'ir to'xtadi — zo'r. #menbumamlakatnisevaman
Shunday qilib, men Albany, Madison Ave bo'ylab ketayapman. Menda Hendrix tasviri tushirilgan futbolka bor, u quloqlarimda ham chalinyapti. Qarshidan qarab kelayotgan kishi afroamerikalik, taxminan 50 yoshda, yaxshi qalin soqolli edi. Men yonidan o‘tib ketarkanman, ko‘z chetidan u menga yuzlandi va biror narsa aytayotganini payqadim. Quloqchinimni chiqarib eshitdim: Bu Hendrix futbolkasini qayerdan olgansiz? Men unga Lake Georgeda bitta do'kon borligini shunday-deya tushuntirdim. Hendriksni yaxshi ko‘rishimni, hozir u mening quloqchinimda chalib turganini aytdim va uni eshitib ko‘rishi uchun bitta quloqchindan berdim. U e'tibor bilan tinglab: 'Xa, bu Jimi!' dedi. Bir oz kulishib, qo‘l siqishtirdik va har birimiz o‘z ishimizga davom etdik. #menbumamlakatnisevaman(2)
Shunday qilib, skeyt-do'konga keldim, u yerda so‘zga to‘la, mehribon sotuvchi bor edi, u hamma narsani o‘lchamga moslab tanlashda yordam berdi. Men skeytbord va skeyt uslubidagi Converse krossovkalarini atigi 200$ga oldim. Baker, Girl va hokazo taxtalar - hammasi 50$ (grip tape bilan). #menbumamlakatnisevaman(3)