Sunny Isles'da yashashimga 2 hafta bo'lganda, George yaxshi xabar bilan qo'ng'iroq qildi: “O'g'lim Gondurasga ketdi, ishni boshlashimiz mumkin”. U soatiga 8 dollar va'da qildi. O'sha paytda makaronim tugab borayotgan edi va bu ispan-yapon yigitining taklifi ayni muddao bo'ldi.
George boy bir ayolning qurilish firmasida ishlardi. Mening vazifalarim turli xil yordam berishdan, ya'ni asbob uzatishdan tortib eshik tuzatishgacha bo'lgan. Bir safar hovuz bo'yida ilon ovlashga ham to'g'ri keldi) Kompaniyada mendan tashqari George'ning sobiq xotini va qizi ham ishlardi.
Tushlik paytida uning xotini so'rab qoldi: “Tom, you wanna soup?” Nima, sho'rva? Bu yerda, Amerikada? Rostdanmi??? “Sure, I really wanna it!” – deb javob berdim. O'rniga oddiy tez tayyorlanadigan lapsha (bich-paket) olganimda qanchalik hafsalam pir bo'lganini tasavvur qiling. Demak, sizlar sho'rva deb shuni aytarkansizlar-da))
Afsuski yoki xayriyatki, George'ning qo'lida atigi bir hafta ishlay oldim. Dam olish kunida u qo'ng'iroq qilib, jazirama issiqda soatiga 5 dollarga panjaralarni bo'yashni taklif qildi, men esa tabiiyki rad javobini berdim. Ko'rinishidan bu unga yoqmadi va o'sha paytdan beri yo'llarimiz kesishmadi. Shunga qaramay, bir haftalik ish haqimni oldim, bu esa mehmonxonadagi xonamning ijarasini yana bir oyga to'lashga imkon berdi. Yashayapmiz=)