IEC Exchange!
Qidirish
Messenger
Vebinarlar
TanlovlarDasturlarXizmatlar
Sozlamalar
Ablaykhan Akhazhanov
26 Yanvar

Kirish.

Cross Street, Kembrij, Massachusets, AQSH. 26-avgust, 2029-yil. 3:00.

  • U qayerda? – deya biroz jahli chiqqan holda pichirladi ayol ovozi «MIT bitiruvchisi - 2014» yozuvi tushirilgan to‘q ko‘k rangli bitiruvchi mantiyasi kapyushoni ostidan. – Vaqt bo‘ldi!
  • Xotirjam bo‘l. U tez orada keladi. – deya ishonch bilan javob berdi qizning yonida turgan, «Cambridge Pizza» beysbolkasi ostidan qora jingalak sochlari ko‘rinib turgan bo‘yi baland yigit. Uning oq yuzi ko‘cha chiroqlarining xira nuri beysbolka soyaboni ostidan ko‘zoynagiga tushganda vaqti-vaqti bilan ko‘rinib qolardi.
    O‘sha kecha nima uchundir yo‘laklardagi yorqin peshlavhalar yonmagan, ko‘cha odatdagidan ham qorong‘i edi.
  • Soat uchdan besh daqiqa o‘tdi. Men uni o‘ldiraman. – deb shivirladi qiz, tovonini asfalta asabiy urganidan so‘ng.
  • Jim! Mana u! – deya avvalgidek ishonch bilan dedi yigit va Massachusets avenyusidan burilib kelgan notanish odam tomon barmog‘i bilan ishora qildi.
    Qizni yopib turgan mantiyaning xuddi o‘zini kiygan odam, beysbolkali yigit unga qo‘l silgach, qadamini tezlashtirdi.
  • Salom, Penni! – deya g‘ayrat bilan salomlashdi notanish odam, do‘sti bilan qo‘l berib ko‘rishgach.
  • Nega buncha kechikding? – deb jerkidi qiz va ikkala yigitning tanqidiy nigohini ko‘rib, darhol qo‘shib qo‘ydi – Uzr, salom Leo.
  • Mantiyani qidirayotgandim, u...
  • Farqi yo‘q. Olib keldingmi? – deya gapini bo‘ldi sovuq va quruq ovoz. Uning egasi ko‘cha soyasidan endigina chiqib kelgandi. Bu qirq yoshlardagi bo‘yi baland, ozg‘in erkak edi. U qora charm kurtka, tor qora jinsi va chiroq nuri ostida yaltiray boshlagan tufli kiygan edi. U 21-asr boshlarida urf bo‘lgan g‘alati soqoli bilan o‘zining o‘ta oq yuzini yashirmagan yagona odam edi.
  • Xellou, Sheldon. Ha, olib keldim. Va’da berganman-ku. – deya biroz xafa bo‘lib javob berdi Leo va cho‘ntagidan yigirma yil avval ishlatilgan uyali telefonlarga o‘xshash qurilmani chiqardi.
  • Ajoyib. Govard, mashinani o‘t oldir. Raj bizni asosiy kirish eshigida kutmoqda. – deya buyruq berdi professor Sheldon.
    To‘rtovlon yaqin atrofda to‘xtab turgan «CMO - 2009» yozuvli mashinaga o‘tirishdi. Bir daqiqadan so‘ng mashina ko‘rinmay qoldi va to‘rt do‘st ketganidan so‘ng to‘satdan yonib ketgan kimyoviy tozalash shoxobchasi peshlavhasi yo‘laklarni yana yoritib yubordi.
Izohlar
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Post muallifi

310Portaldagi yutuqlar uchun reyting. Bu sodiqlik dasturi ballari emas
Ablaykhan Akhazhanov

Hayotga pozitiv qarash bilan -)