AQSh vizasini olmaslik va Work and Travel dasturi bo‘yicha bormaslik uchun quyida keltirilgan 10 ta punktdan hech bo‘lmaganda birini bajarishingiz kifoya:
- Suhbatga kechikib qolish yoki uxlab qolish. Vizadan rad etilish uchun eng oddiy va ishonchli usul.
- Muhim hujjatlarni unutib qo‘yish, masalan pasport, DS-formani va hokazo - suhbatni 'tushirib qo‘yish' uchun ishonchli usul.
- O‘zingizni g‘alati tuting, g‘alati kiyim kiying, aql-idrokdan mahrum bo‘ling va shunda siz albatta vizani ololmaysiz!
- Haqiqiy bo‘lmagan Ish Taklifi - bu vizani olmaslik uchun noyob imkoniyat.
- Amerikada nima bilan shug‘ullanishingizni, qanday ish qilishingizni bilmaslik — ya'ni agar siz o‘z Ish Taklifingizda keltirilgan ma'lumotni bilmasangiz, ishonch hosil qiling — vizani olmaysiz.
- Tushunmagan savolingizni qayta so‘ramang — balki xayolingizga kelgan narsani ayting, masalan, meni ismim Dmitriy, men Pensilvaniyaga ketayapman, va har qanday tushunarsiz savolga shunday javob berish - sizga vizadan rad etilishning to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘li.
- Konsul sizga bergan barcha savollarga imkon qadar batafsil javob bering, masalan, 'onangiz kim bo‘lib ishlaydi' degan savolga butun oilangiz tarixi haqida hikoya qilishni boshlash — bu vizani olmaslik uchun ajoyib imkoniyat.
- Butunlay asabiylashishni to‘xtating, valeryanka ichib o‘zingizni tinchlantiring va butun miya faoliyatingizni sekinlashtiring, shunda konsul sizga vizani rad etadi!
- Konsulga aytingki, Amerikaga ko‘p pul topish uchun ketayapsiz, hech qaerga sayohat qilmaslik va faqatgina Amerikada qolish maqsadingiz - pul ishlash, va shunda siz AQShga safaringizni unutishingiz mumkin.
- AQShda qolishni xohlaysizmi, AQSh kollejiga o‘qishga kirishni xohlaysizmi - bu kelasi yozni uyda o‘tkazishning ishonchli usuli.