Bu ikki oy ichida qayerlarda yashamadik deysiz! Jami bo'lib dastlabki ikki hafta ichida 5 ta joy almashtirdik! Hammasi haqida tartib bilan!
Avvaliga, aytganimdek, xostelga joylashdik... hammasi yaxshi bo'lishi mumkin edi... lekin ikki kundan keyin keyingi hafta uchun ro'yxatdan o'tishga kelganimizda, bizga negadir joy yo'qligini aytishdi... ulgurmadik... nega deb so'raymiz? qanday qilib? deyishadi, ertaga katta sayyohlar guruhini kutyapmiz... uzr, kechikdingiz... soat 11 gacha chiqib ketishni unutmang! Biz SHUNDAY shokda edik! Yaqin atrofdagi boshqa xostellarga qo'ng'iroq qildik - hamma joyda bir ahvol!! Joy yo'q!! Dahshat.. shekilli, biz uysiz qoldik.. 2 b continued

