IEC Exchange!
Qidirish
Messenger
Vebinarlar
TanlovlarDasturlarXizmatlar
Sozlamalar
Ablaykhan Akhazhanov
26 Yanvar

Kirish.

Cross Street, Kembrij, Massachusets, AQSH. 26-avgust, 2029-yil. 03:00.

  • U qayerda? – deya biroz jahli chiqqan holda pichirladi qizaloq, ustidagi "MIT bitiruvchisi - 2014" yozuvi tushirilgan to'q ko'k rangli bitiruvchi mantiyasi kapyushoni ostidan. – Vaqt bo'ldi!
  • Xotirjam bo'l. U tez orada keladi. – deya ishonch bilan javob berdi qizning yonida turgan, qora jingalak sochlari "Cambridge Pizza" beysbolkasi ostidan beparvolik bilan ko'rinib turgan bo'yli yigit. Uning oqargan yuzi beysbolka soyaboni uzun bo'lishiga qaramay, ko'cha chiroqlarining xira nuri ko'zoynagiga tushganda vaqti-vaqti bilan ko'rinib qolardi.
    Bu kecha nimgadir yo'laklardagi yorqin peshlavhalar yonmagan, ko'cha odatdagidan ko'ra qorong'iroq edi.
  • Soat uchdan besh daqiqa o'tdi. Men uni o'ldiraman. – deb shivirladi qiz, asabiylashib poshnalari bilan asfaltdan taqillatgach.
  • Jim! Mana u! – deya avvalgidek ishonch bilan dedi yigit va Massachusetts Avenue ko'chasidan endigina burilib chiqqan notanish odam tomon barmog'i bilan ishora qildi.
    Qizni o'rab turgan mantiyaning xuddi o'zini kiygan odam, beysbolkali yigit unga qo'l silgach, qadamini tezlashtirdi.
  • Salom, Penni! – deya g'ayrat bilan salomlashdi notanish odam, do'stining qo'lini siqqach.
  • Nega buncha kechikding? – deb jerkidi qiz va ikkala yigitning tanqidiy nigohini ko'rib, darhol qo'shib qo'ydi – Uzr, salom Leo.
  • Mantiyani qidirayotgandim, u...
  • Keragi yo'q. Olib keldingmi? – deya sovuq va quruq ovoz gapni bo'ldi. Uning egasi ko'cha soyasidan endigina chiqib kelgandi. Bu qirq yoshlardagi bo'yli, ozg'in erkak edi. U qora charm kurtka, tor qora jinsi va ko'cha chiroqlari ostida yaltiray boshlagan tuflilarda edi. U 21-asr boshlarida urf bo'lgan g'alati soqoli bilan o'zining o'ta oqargan yuzini yashirmagan yagona odam edi.
  • Xellou, Sheldon. Ha, olib keldim. Va'da berganimdek. – deya biroz xafa bo'lib javob berdi Leo va cho'ntagidan yigirma yil avval ishlatilgan uyali telefonlarga o'xshash qurilmani chiqardi.
  • Ajoyib. Govard, mashinani o't oldir. Raj bizni asosiy kirish eshigida kutmoqda. – deya buyruq berdi professor Sheldon.
    To'rtovlon yaqin atrofda to'xtab turgan, ustiga "TSMO - 2009" deb yozilgan mashinaga o'tirishdi. Bir daqiqadan so'ng mashina ko'rinmay qoldi va to'rt do'st ketgach, birdaniga yonib ketgan kimyoviy tozalash shoxobchasi peshlavhasi yo'laklarni yana yoritib yubordi.
🎬
SeriyaIEC-2029 tanlovi uchun
Izohlar
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring

Post muallifi

310Portaldagi yutuqlar uchun reyting. Bu sodiqlik dasturi ballari emas
Ablaykhan Akhazhanov

Hayotga pozitiv qarash bilan -)

Seriya tarkibida

🎬
SeriyaIEC-2029 tanlovi uchun