Mehmonxona xonasi uchun yana bir oyga haq to‘laganimdan so‘ng, cho‘ntagimda atigi 8 dollar qoldi. Yaxshiyamki, vataniga qaytayotgan do‘stim Rossiyada emas, aynan hozir 100 dollar qarzimni qaytarishimni talab qildi, chunki unga kiyim-kechak uchun pul yetishmayotgan ekan. Mayli, bir gap bo‘lar, uddalaymiz.
Ana shunda omon qolish uchun kurash boshlandi. Tushunib yetasanki, yagona yo‘l qoldi – shu hafta ichida ish topish. Boshqa iloji yo‘q. Rossiyaga hech narsaga erishmay qaytish haqidagi fikrni darhol haydab yubordim, men uchun bu sharmandalik bo‘lardi. 8 dollar bilan bir haftadan ortiq yashash esa deyarli imkonsiz edi.
Ota-onamdan pul so‘rashmi? Yo‘q, ular hammasi joyida deb o‘ylashsin.
Shunchaki tanishlardan yordam so‘rashmi? Yo‘q, g‘ururim yo‘l qo‘ymaydi.
Faqat o‘zimga va kuchimga ishonish qoldi.
Birinchi 4 kun ish topishda omadim kelmadi: "Kechirasiz, bo‘sh o‘rin yo‘q", "Ispan tilida gaplashasizmi? Yo‘qmi? Xayr", "Anketani to‘ldiring va ma'lum vaqt kuting". Va nihoyat, hafta oxirida, kuchim tugab borayotgan va umidsizlik sekin-asta xayolimga kirib kelayotgan bir paytda, omad nihoyat menga kulib boqdi.

