Xyuston yo'li, Nyu-Meksiko
7-sentabr
Tonggi 4:00 - men nomi aytish qiyin bo'lgan shu shahardaman. Sanya aytganidek, bu yerda qiladigan ish yo'q, vaqt tig'iz, 5:30 dagi avtobus esa qulay. Tungi shaharni biroz aylandim, qaror qildim - Xyustonga ketyapman.
11:15 - men Amarillodaman. Chipta bo'yicha bir soatlik to'xtash, avtobus almashish kerak. Aslida esa 10 daqiqaga kechikdik, avtobus ketib qoldi. Keyingisini 6 soat kutishga to'g'ri keladi. Oxiri kutib o'tirmadim va 3 soatdan keyin o'tib ketayotgan (Denverdan kelayotgan) avtobusga chiqib ketdim, odam yana tiqilinch. Tungi 2 da Dallasdaman, aylanib, qiziq yashil osmono'par binoni suratga oldim. Xullas, o'sha qiyin shahardan 20 soat o'tib, yo'limdagi uchinchi shahar Buffaloni bosib o'tib, 8-sentabr kuni ertalab men Xyustondaman.

