30-iyul, 2009-yil
O'rtacha narx kishi boshiga oyiga 300-400 dollar. Ammo biz butun Nyu-Yorkdagi eng arzon variantni topganga o'xshaymiz – har birimiz uchun atigi 180 dollar. Lekin qanday yashayotganimizga bir qarang.
Birinchi suratda g'orimizning umumiy ko'rinishi. Ikkinchisida esa xonadoshlarim. Ko'rib turganingizdek, ularning ahvoli ancha og'ir. Ulardan biri (orqadagi) maykasiga turli narsalarni tiqib, o'ziga yostiq yasab olgan. Ularda ko'rpa va choyshablar yo'q. Uchinchi suratda esa mening yig'ma karavotim. Ko'rib turganingizdek, men shunchaki mazza qilyapman :)



