Men yaxta va qayiqlarni ta'mirlash bilan shug'ullanadigan tadbirkor bilan tanishib qolganimdan omadim keldi. Gapdan gap chiqib, unga aynan bir kishi kerakligi ma'lum bo'ldi. Ertalab u meni olib ketishi va ishni ko'rsatishi haqida kelishib oldik. Boshida u soatiga 8$ va'da qildi, bir haftadan keyin esa 9$ bo'ldi. Keyingi o'sish ish sifatiga bog'liq bo'ladi. Uraaa! Endi menda ish bor!=)
Vada qilinganidek, ertalab ish beruvchi meni mashinada olib ketdi. Men yaxtalarni ta'mirlashda naq 40 kun qolib ketdim, haftasiga 6 kun, kuniga 8 soat, ba'zan undan ham ko'proq ishladim. Oxiriga kelib maoshim soatiga 11$ gacha ko'tarildi. Biz bu ishda yaxta bilan nima qilish mumkin bo'lsa, hammasini qildik. Oddiy bo'yashdan tortib, 37-yilgi noyob nusxani tiklashgacha.
Ishdagi eng qiziq narsa bu odamlar edi: har birining o'ziga xos hayajonli hikoyasi bor.
Masalan, mendan keyin u yerga Aleks ishga kirdi. Avvaliga u Rossiyada yaxshi ko'tarilgan, o'z kompaniyasining direktori bo'lgan. Ammo uni tuhmat qilishdi, katta miqdordagi pulni o'g'irlashda ayblashdi, shuning uchun Lyoxa chegarani kesib o'tib, mamlakatdan yashirincha qochishga majbur bo'ldi. AQShda 4 yil davomida u siyosiy boshpana so'rab murojaat qildi, bunga deyarli barcha pulini sarfladi va oxirida bir necha bor rad javobini oldi. Omad kelmadi. Endi u Kanadaga ketmoqchi, chunki Amerikadan uni har qanday vaqtda Rossiyaga deportatsiya qilishlari mumkin, u yerda esa hamma uni o'lgan deb hisoblaydi.
Yoki Ukrainadan bo'lgan Kolya va uning oilasi. Ular o'z vatanlarida do'konlar tarmog'iga ega edilar, ammo Nikolayning xotinini ham nohaq ayblab, qamoqqa tashlashdi. U xotinini qamoqdan garov evaziga chiqarib olish uchun deyarli barcha pulini sarfladi va ozod qilingan xotini hamda 8 yoshli 2 nafar farzandi bilan mamlakatdan qochib ketdi.
Bunday hikoyalar ko'p edi. Umuman olganda, bu yerda ishda men AQShda yashayotgan eng yaxshi va mehribon ruslar bilan tanishdim. Ular shunchaki adolatsizlik qurboni bo'lishgan.

