Bir kuni kechqurun Manxettenda sayr qilib yurganimizda, Lena ikkimiz taxminan 300 metr naridan tanigan do'konimizga duch keldik. Bu Nyu-Yorkdagi eng mashhur skeyt-do'konlardan biri - Blades. Xa, albatta, men u yerdan doskasiz chiqib ketmadim. Chunki eski doskam Rochesterda singan edi.
Lena kunduzi ishlayotgan paytda men o'zimga shunday mashg'ulot topdim. Men Staten Islanddagi plyajda joylashgan skeyt-parkda uchardim, kechqurun esa Manxettenga borardim va biz kechgacha sayr qilardik.
Bir nechta yigitlar bilan tanishdim, birga ko'chalarda uchdik. Rostini aytsam, men bu yerga kelganimda hamma aql bovar qilmaydigan tryuklar qiladi deb o'ylagandim. Ma'lum bo'lishicha, unday emas ekan, hatto men ham amerikaliklarni o'z mahoratim bilan bir necha bor hayratda qoldira oldim. Bu juda yoqimli edi.
Umuman olganda, Nyu-Yorkdagi kunlarim shunday o'tardi. Kunduzi uchardim, kechqurun Manxettenga Lenaning oldiga borardim, u ishdan olib kelgan blinlar va kofe bilan meni siylardi, keyin esa sayrga chiqardik. Bu shunchaki ajoyib edi. Hech narsa qilmasdan, shunchaki kechki Nyu-York ko'chalarida aylanib yurish juda yoqimli edi.
Bu shaharni juda uzoq vaqt sog'inaman.




