Men tuzalmas sarguzashtchi qizman. Shu bois Amerikaga borganimda, butun yozni Vashington aeroportida kofe qaynatib va gamburger isitib o'tkazish niyatim yo'q edi. Nyu-Yorkning hindlar yashaydigan tumanida yashash, Filadelfiyaning getto hududlariga tashrif buyurish, Boston aeroporti polida uxlash, San-Fransiskoni velosipedda aylanib chiqish va Gollivuddan ko'nglim qolishi — men bundan kamiga rozi emasdim ;)

