Soat 8 da shaharga keldik, avtobusning yarmi shu yerda tushib qoldi. Men shaharga kirmadim, erindim, bekatda o'tirib odamlarni kuzatdim. O'ylab qoldim, nega ko'pchilik avtobusda yuradi, agar farqi 150 dollar bo'lsa? Ular o'zlari bilan olgan yegulik va ichimlikka 30 dollar sarflashadi, keyin har bir bekatdagi mahalliy kafega kirib yana 8-10 dollardan qoldirishadi, yo'l oxiriga kelib 80-100 dollar bo'lib ketadi. 50 dollar tejash uchun 4 soat o'rniga bir yarim kun yo'l yurishning nima keragi bor? Men hech narsa sarflamadim, 6 ta shokolad oldim va ularni bir yarim kunga yetkazdim, tamom. Yana telefonim tufayli meni ovqat bilan ham mehmon qilishdi.

