Avvalo, men yashayotgan joy, taqdir meni qayerga yetaklab kelgani haqida gapirib berishim kerak. Bethany Beach — Atlantika okeani sohilidagi kichik kurort shaharchasi. Rostini aytsam, boshida bu joy menda vahima uyg'otdi va tezroq ko'proq sivilizatsiyalashgan shtat yoki shaharga ketish istagini tug'dirdi, lekin keyinroq tinchlandim va Amerika kurort "qishlog'im"ning okean havosi va osoyishtaligiga o'rganib qoldim.
Uy. 7 kishi (va hammasi qizlar!) bitta vanna uchun (!!! oh god), biz amerikalik oila bilan yashaymiz — ikki nafar qora tanli bolani asrab olgan er-xotin. Agar ertalab soat 7-8 da baqiradigan bu kichkintoylar bo'lmaganida, ancha tinchroq bo'lardi.



