- Xullas, Work and Travel USA dasturi bo‘yicha ketayotganlar uchun qon-ter evaziga yaratilgan qo‘llanma!
Har qanday ishni SEVIS tizimida ro‘yxatdan o‘tkazing.
-
Sayohatga chamadon emas, ryukzak olgan ma’qul.
-
T.J.Maxx va Walmart dunyoni qutqaradi! Hayot uchun kerakli hamma narsa shu ikki do‘konda bor.
-
Ruslar bilan ish qilmagan ma’qul.
-
Ish beruvchining oldiga ertalab boring, shunda uy topishga vaqtingiz qoladi.
-
AQShga kelishingiz bilan darhol Social Security Number oling! Bu pasport kabi. Hatto undan ham muhimroq.
-
Sayohatga chiqqaningizda Amerika bank kartangizni yoping.
-
Unutmang, maoshingizdan uchta soliqdan ortiq bo‘lmaydi.
-
Ketishdan oldin barcha hujjatlarning nusxasini oling.
-
Faqat yengil suvenirlar sotib oling.
-
Sug‘urta qiling!
-
Har qanday qiyinchilikda InterExchange ga qo‘ng‘iroq qiling.
-
Pullaringizni mayda kupyuralarga almashtiring (100 dollarlik kupyuralar kam uchraydi).
-
Amazon — bebaho yordamchi! U yerdan hamma narsaga buyurtma berishingiz mumkin, bir-ikki kun ichida yetkazib berishadi.
-
Amerikada hamma narsa halollikka qurilgan. Shunga mos bo‘ling.
-
Hech qachon pora bermang! Vaziyat yanada yomonlashadi.
-
Politsiya yoki hokimiyat bilan har qanday ziddiyatli vaziyatda, ularga rozi bo‘ling va bahslashmang.
-
Huquqlaringiz ro‘yxatini biling.
-
Ketishdan oldin xalqaro haydovchilik guvohnomasini olish tavsiya etiladi.
-
Bu yozni eng zo‘r o‘tkazing! Ishoning, barcha qiyinchiliklarga qaramay, bu hayotingizdagi eng yaxshi sarguzasht bo‘ladi!
