Oldindan bilishni istagan yana bir nechta narsalar:
-
Men Chikagoni yaxshi ko'raman. Men Chikagoni hayotdan, Orxan Pamuk va dolchindan ham ko'proq yaxshi ko'raman, odamlarni yaxshi ko'raman, xudo haqqi, agar mendan Rojdestvo uchun nima sovg'a qilishni so'rasangiz, men – Chikago, derdim. Chikagodagi birinchi kunimda men mango yedim, unga qanchalik kuchli allergiyam borligini hatto bilmasdim. Natijada, butun kunni xostelda tizzalarimni quchoqlab, asta-sekin so'nib yotdim. Xulosa shuki – tajriba qiling, lekin yoningizda katalizator bo'lsin (oddiy qilib aytganda – dori-darmonlarni g'amlab oling).
-
Katta shaharlarning aeroportiga ikki soat oldin keling (ko'pchilik maslahat berganidek bir soat emas). Men deyarli Mayamida qolib ketayozdim, chunki xavfsizlik nazorati (Security line) navbatida ikki yarim soat turdim.
-
Dunkin Donuts – tatib ko'ring! Bu juda mazali!
-
O'zingizga Amerika SIM-kartasini sotib oling. Ular umuman qimmat emas, lekin har qanday daqiqada qo'ng'iroq qila olishingizni bilib, o'zingizni xavfsiz his qilasiz.
-
Balki, agar boradigan bo'lsangiz, butun yozga boring. Agar o'zingizni tajriba bilan to'ldirmoqchi bo'lsangiz, bir oy (hatto ikki oy ham) yetarli bo'lmaydi.





