Work and Travel dasturida hamma narsa ajoyibdek tuyuladi: yangi taassurotlar, noma'lum madaniyat bilan tanishish va kimdir uchun birinchi sayohat yoki ish tajribasi. Ammo keling, rostgo'y bo'laylik, ayniqsa bularning barchasini boshdan kechirganlarga murojaat qilaman; aeroportga chamadon bilan uyga birinchi reysga yugurib ketishni xohlagan paytlaringiz bo'lganmi? Rostdan ham yo'qmi? Yoki hech bo'lmaganda ish joyingizdan menejer/boss yoki hamkasblaringizga «Xayr» deb baqirib chiqib ketishni?
Nega?
Chunki:
A) harakatlaringiz qadrlanmayapti deb o'ylaysiz;
B) yetarlicha pul topmayapman deb o'ylaysiz;
C) bossingiz sizni yoqtirmaydi deb o'ylaysiz;
D) butun jamoa sizga qarshi;
E) qilayotgan ishingizdan nafratlanasiz.
DIQQAT! Sizning tashxisingiz ham variantlarga bo'linadi:
A) endigina keldingiz va moslashish jarayoni boshlandi;
B) hali birinchi maoshingizni olmadingiz va o'zingizni bankrotdek his qilyapsiz;
C) hali do'st orttirishga ulgurmadingiz va ko'p vaqtni yolg'izlikda o'tkazyapsiz;
D) birinchi marta ishlayapsiz va odatlanmaganingiz uchun juda charchadingiz;
E) TO'XTANG! Agar yuqoridagilardan hech biri mos kelmasa, demak, haqiqatan ham muammolar bor...
Sizning ruxsatingiz bilan, shtatlarda uch yillik ish davomida yuqoridagi barcha holatlarni boshdan kechirgan inson sifatida, nimalar qilganimni siz bilan bo'lishaman.
Maslahat No1. Hissiyotga berilib, ish qilmang. Ayniqsa, qiyin vaziyatlarda ko'ziga yosh keladigan qizlarga murojaat qilaman. Nafas oling – chiqaring. Keling, shoshilinch qarorlarga birgalikda «yo'q» deymiz! Muammoingizni bir kecha o'ylab ko'rish va keyin xulosa chiqarish kerak. Amerikada boshliqlik bilan bog'liq muammo to'g'ridan-to'g'ri menejer/boss bilan hal qilinadi. Ko'pincha ular biz, J-1 yigitlari, ertami-kechmi stressli vaziyatga tushib qolishimizni tushunishadi yoki oldindan tayyor bo'lishadi. Menejeringizga nima bezovta qilayotganini bildiring. AMMO! Uning oldiga «ko'z yoshlari» bilan isterik holatda yugurib borish kerak emas. Muammoni anglab yetganingizdan keyingi ertalab buning uchun juda mos keladi. Ishoning, sizni eshitishadi.
Maslahat No2. Dam olish/chalg'ish/yigitlar bilan tanishish vaqti keldi. Balki o'zingizni shunday holatga solib qo'ygandirsiz? Bilasiz-ku, o'yga cho'mib, birdan tushkunlikka tushib qolish holatlari bo'ladi. Unday qilmang. Okean ortidagi har bir imkoniyatdan foydalaning. Sizda ushbu mamlakatni his qilish uchun 4 ta ajoyib oy bor. Oldinga. Xafa bo'lishning keragi yo'q! Kayfiyatingizni o'zgartirsangiz, ish joyidagi o'ylab topilgan yoki bo'rttirilgan muammolar sizni boshqa bezovta qilmasligini darhol sezasiz.
Hamkasblarim bilan tushunmovchiligim plyajga birgalikda borish va kichik piknikdan so'ng darhol tugadi. Menejerim mavsum boshlanishidan oldin barchamizni do'stlashtirish niyatida aynan shunday qilishga qaror qildi.
100% ish berdi!
Maslahat No3. Bu maslahat shundan iboratki, yuqorida aytib o'tilgan bandlarni yana bir bor ko'zdan kechirib chiqing. Iltimos.
Maslahat No4. Xo'sh, agar ish haqiqatan ham jiddiy bo'lsa, unda na yangi do'stlar, na menejerning tushunishi vaziyatni qutqaradi. Siz hamon yaxshilab o'ylab, fikringizni jamlab va kechinmalaringizni tushunarli qilib bayon etib, sevimli homiymizga qo'ng'iroq qilasiz. (Ularning sabri va yordami uchun katta rahmat.) Qanday bo'lmasin, u yerda sizga va muammoingizni hal qilishga to'g'ri YO'NALISH berishadi.
Darhol 180 darajaga burilib ketish kerak emas.
Asosiysi, yechimsiz vaziyatlar yo'q va bo'lishi ham mumkin emasligini yodda tutish kerak. Shunchaki ortga qaytish uchun juda uzoq yo'lni bosib o'tdingiz.
Bunga chidash kerak va bu o'zini oqlaydi!
P.S. ushbu blogdagi barcha fotosuratlar muallifga (Ivanova Violetta) tegishli. Ko'proq fotosuratlarni Instagramda ko'rishingiz mumkin - dunyo bo'ylab birga sayohat qilamiz (@vi_r_traveling).




