Avvalroq yozganimdek, talabalar Work and Travel USA dasturi taqdim etgan davr mobaynida qonuniy ishlash huquqiga ega. Dasturga ko'ra, talaba uchun ikki xil yo'l bor:
- Ishni mustaqil ravishda qidirish.
- International Exchange Center'dan taxminan 300 dollarga tayyor "Job Offer" sotib olish.
Tabiiyki, biz birinchi variantni tanladik.
Bu qiyin edi, lekin ishoning – bunga arziydi.
Birinchidan, siz o'zingiz xohlagan joyda ish qidirasiz.
Ikkinchidan, albatta pul tejaysiz (uzr, lekin 300 dollar ko'chada yotibdi degani emas). Uchinchidan, sizda rezyume tuzish va ish beruvchi bilan rasmiy yozishmalar olib borish tajribasi paydo bo'ladi.
Lekin hammasi ko'ringanidek (bizga ko'ringanidek) oson emas.
Ish topish – katta mehnat, kamida bitta ijobiy javob olish uchun 50 emas, balki 500 dan ortiq rezyume yuborish kerak. Men bo'rttirib aytmayapman, biz bu dasturga uch kishi topshirgandik, lekin faqat ikki kishi ish topa oldi, chunki do'stimiz 70-rezyumeda taslim bo'ldi.
Bunga juda ko'p vaqt va kuch ketadi, lekin o'yin shamga arziydi :)
Agar siz Job Offer sotib olishga qaror qilsangiz, agentlik sizga bir nechta vakansiyalarni taqdim etadi va siz ulardan birini tanlaysiz. So easy!
