Eng ommabop ijtimoiy tarmoq - SNAPCHAT! Instagram ham, Facebook ham emas, aynan Snapchat. Har safar nimalarni suratga olayapsiz deb so'rasangiz, ular: «Everything!!» deb javob berishadi. Bizda Snapchat modasi qachon o'tib ketdi? 2015-yilda?
Amerika talabalari uchun akademik ta'til olish odatiy hol. Hatto bunga qoyil qolishadi, «barakalla, pul ishlamoqchimisan yoki sayohatga ketmoqchimisan» deyishadi. Bizda esa tushunmagan qiyofa bilan qarashadi va muammolaring bormi deb so'rashadi.
Grechka yo'q. Umuman yo'q. Har uchinchi amerikalikni semizlikdan qutqarishi mumkin bo'lgan o'sha «ozish uchun» mahsulot yo'q. Biznes boshlab, Belarusdan olib kelish vaqti keldi!
Deyarli har bir kishi 16 yoshdan ishlaydi. Ota-onaning bo'yniga o'tirib olish qabul qilinmagan.
Uzr so'rash. Balki ular shunchalik madaniyatli, balki haqiqatan ham uyalishadi, balki bu shunchaki odatdir – amerikaliklar doimo uzr so'rashadi. Hatto 2 kishi bemalol sig'adigan yo'lakdan o'tayotganingizda ham, ular siz bilan to'qnashib ketishdan qo'rqib, uzr so'rashni boshlashadi. Ba'zida bu juda yoqimli, ba'zida esa o'zingizda biror xato bormikan deb o'ylab qolasiz.
Buyuk Britaniyadagi kabi, bu yerda o'lchov birliklari boshqacha: kilogramm emas, funt; kilometr emas, mil. Va, masalan, mashinada ketayotganingizda, spidometr 40 ni ko'rsatsa va siz gepard tezligida uchayotgan bo'lsangiz, darhol AQShda ekanligingizni eslaysiz!

