Sarguzashtlarsiz qiziq emas, kutishga ham hojat qolmadi.
Bir kuni burger yegim kelib qoldi. Ko‘chaga chiqdim, internet tarifim tugab qoldi, natijada onlayn xaritasiz qoldim va adashib ketdim. McDonald's ancha uzoqda edi, piyodalar yo‘lagi yo‘q, faqat avtomagistral, lekin bu meni to‘xtata olmadi. Ikki soat piyoda yurdim, na uy, na bino, aniq adashgandim. Boshqa ilojim yo‘q edi, shunchaki yig‘lab yurardim, yig‘lab-yig‘lab yurardim. Bir mashina to‘xtadi, rulda ayol kishi edi. Agar u bo‘lmaganida qanday vaziyatga tushib qolishimni bilmayman. Oxiri u meni McDonald'sga olib bordi. Lekin men qo‘shni shaharda ekanman. Qaysi biriga kerakligini tushuntira olmadim, chunki telefonim o‘chib qolgandi. Uning erinikiga bordik. Uyga kirdim va ostonada o‘yinchoq tishlagan it kutib oldi. Xuddi Amerika kinolaridagidek. Qanday yaxshi odamlarga duch keldim. Ular meni uyga eltib qo‘yishga qaror qilishdi, mashinaga o‘tirdik va yo‘lga tushdik. Yo‘lda o‘sha mash'um McDonald's yonidan o‘tdik. Ovqatlanish uchun to‘xtadik. Ovqat ustida davlatlar haqida gaplashdik, suhbatimizni eshitib 75-80 yoshlardagi buvijon yonimizga o‘tirdi, qo‘shildi va ma'lum bo‘lishicha, u 100 dan ortiq davlatda bo‘lgan ekan, Stenfordni bitirib kelayotgan qizini kutyapti. Ovqatlandik, xayrlashdik. Uchalamiz sayr qilishda davom etdik, supermarketga kirib xarid qildik. O‘zimga ko‘p makaron oldim, narsalarim kam, faqat eng zarurlari. Ular bilan chiqish joyida uchrashdim, ular menga turli shirinliklar solingan paketni uzatishdi, BUTUN BOSHLI PAKET. Tezda qaytib kirib, hech bo‘lmasa kichik bir xotira qoldirish uchun otkritka sotib oldim. Shu bilan hammasi tugadi, tinchgina uyga yetib olaman deb o‘yladim. Lekin unday bo‘lmadi. O‘sha ayol yo‘lda muzqaymoq sotiladigan joyni ko‘rib qolib, shunday deb baqirdi: "Honey, i want ice creaaaaammmm", eri keskin tormoz berdi va biz u bilan muzqaymoq uchun borishga majbur bo‘ldik.
Butun yo‘l davomida gaplashib keldik, bunchalik mehribon va ochiqko‘ngil odamlarni hech qachon uchratmaganman, endi bilaman, bunday odamlar bor va men ham ulardan biri bo‘lishga harakat qilaman. Otkirkani topshirganimda ular xuddi men ularga shirinliklar paketini sovg‘a qilgandek xursand bo‘lishdi. Mana shunaqa kun. Aniq Amerika kinosiga tushib qoldim. Bunchalik yaxshi odamlarga omadim kelishini o‘ylamagandim. Raqamlarimizni almashdik, quchoqlashdik va o‘pishdik. Bu unutilmas tajriba uchun minnatdorman.




