Yashash joyimizga yetib kelishimiz bilan, u yerda bir oydan beri yashayotgan va ikkitadan ishda ishlayotgan bolgariyaliklar bilan tanishdik. Ular bizga agar pul ishlash maqsadida kelgan bo'lsak, boshqa joyga, ya'ni imkoniyatlari ko'proq bo'lgan kattaroq shaharga borishimiz kerakligini aytishdi. Shuningdek, bu yerda ikkinchi ish topish imkonsizligini, demak, yo bitta ish bilan kifoyalanishimiz yoki yuqorida yozganimdek, yaxshiroq joy izlab ketishimiz kerakligini ta'kidlashdi.
Bu gaplar kelganimizning birinchi kuniyoq bizni biroz shokka tushirdi va ketish haqidagi o'ylar xayolimizdan o'ta boshladi, ammo bizni to'xtatib turgan yagona narsa Social Security yo'qligi edi. Social kelishi uchun 3 hafta kerak bo'lgani sababli, biz shu yerda qolib, ish izlashni boshlashga majbur bo'ldik: ish beruvchidan so'rashdan tortib, Google Maps orqali yaqin-atrofdagi barcha muassasalarni topib, ularning elektron pochta manzillariga xat yozishgacha harakat qildik. Bir hafta o'tgach, 3 ta javob oldim va natijada ularning barchasi bizni ishga taklif qildi. Ikki haftalardan so'ng, restoranimizga bir ayol — hozirgi ikkinchi ish beruvchim — kelib, bizni ishga taklif qildi.
U kichik restoran va suvenirlar do'koniga egalik qiladi. Restoran juda qadimiy, oilaviy mulk bo'lib, 1936-yilda tashkil etilgan. U yerda juda mazali omletlar va turli xil nonushta taomlari tayyorlashadi, barmoqlaringizni yalab qo'yasiz :))
U yerda nima ish qilamiz? Biz har tomonlama ishchilarmiz: grilda ishlashdan tortib, salat to'g'rash, idish yuvish, tovarlarni tashish va hokazo. Bir so'z bilan aytganda, har ishning ustasi :))
Ish beruvchiga biz yoqib qoldik va u bizning chidamli, tez o'rganuvchan ekanligimizdan juda xursand :))
Shunaqa gaplar :))



