Hozir va kelajakda.
Inson bu hayotda shunchaki mehmon. Uni qanday o'tkazishni o'zi biladi. Ba'zilar daraxt kabi bir joyda umrbod turishga qarshi emas, ba'zi insonlar esa yangi mamlakatni ko'rishni, o'zi uchun yangi joyni kashf etishni xohlaydi. Va ularning ozginasi sayohat qilishga bel bog'laydi. Ularni qahramonlarga tenglashtirish mumkin, chunki ular o'zlariga hech qanday to'siq va qo'rquvni qo'ymaydilar. Har bir kunini yaxshi va quvonchli lahzalar bilan to'ldirishga shoshiladilar. U bilan qolmay, o'zga odamlarning hayotini yaxshilay ham oladilar, yuzlariga kulgi hadya etadilar. O'z hayotlarini turli qiziqishlar va voqealar bilan to'ldirish orqali ular har kuni jonlanadilar. Sayohat - hayotga bo'lgan ishtiyoq va ilhomning yangi to'lqinini uyg'otishga yordam beradigan darmondorilardan biri.
Hozirgi vaqtda chet elda sayohat qilish, ta'lim olish yoki ishlash uchun mo'ljallangan dasturlarni topa olgan odam uchun juda ko'p. Atrofimizda biz bilmaydigan imkoniyatlar son-sanoqsiz va hayotini qiziqish bilan to'ldiraman degan odam uchun hech qanday to'siq yo'q. Kerakli ma'lumotni internetdagi saytlardan yoki ijtimoiy tarmoqlardan topa olish mumkin. Asosiysi, qulshinis va g'ayrat bo'lsa bo'ldi. Chunki, shu ikkisining evaziga odam hech qanday bahona aytmay, o'rnidan turib, o'z orzusini yoki maqsadini bajarishga otlanadi. Bunday odam har bir imkoniyatni qo'ldan boy bermaslikka harakat qiladi.
O'zga yurtda rivojlanish, o'qish va sayohat qilish uchun mo'ljallangan turli dasturlar bor. Maktab o'quvchilari uchun mo'ljallangan FLEX-dan boshlab, qozog'istonliklar uchun mo'ljallangan xalqaro «Bolashaq» dasturi va oliy o'quv yurtidagi talabalar orasida mashhur Work and Travel, shuningdek, har bir OTMning akademik mobillik dasturlari kabi turli imkoniyatlar bor. Bularning maqsadi bir: nafaqat mamlakatning, balki Yer sayyoramizning kelajagi hisoblangan yoshlarni rivojlantirish, avvalo, o'zining mamlakatiga yordam berishga rag'batlantirish hisoblanadi. Chunki biz bilganimizdek, davlatning yorqin kelajagi - yoshlarning qo'lida. Agar biz – yoshlar - ko'zi ochiq, ko'kragi uyg'oq odamlar bo'la olsak, mamlakatimizni oldinga yetaklashimiz aniq. Bu - bizning Vatan oldidagi qarzlarimizdan biri.
Bu dasturda qatnashishga bel bog'lagan asosiy sababimiz - ongimizning ufqining kengayishi, ya'ni tajriba to'plash. O'ylab qarasak, faqat televizor va telefon ekranidan ko'rib yurgan mo'jizaviy Tayms-skver va Ozodlik haykali, Niagara sharsharasi, Disneylend va yana boshqa yurakni zabt etadigan joylarni o'z ko'zimiz bilan ko'rish quvonch va faxr hissini hadya etishi aniq. U yerdagi turli millat vakillari bilan til topisha olish, yaqinlashish bizning kommunikativ, ishbilarmonlik va moslasha olish kabi ko'nikmalarimizni rivojlantirib, yangi darajaga chiqarishi aniq. O'zga madaniyat vakillari bilan tanishish, ish tajribamiz bilan almashish va do'stlar orttirish - chinakamiga ajoyib emasmi?!
Shuningdek, biz o'z mamlakatimizni yaxshi tomondan tanishtira olishimiz kerak, chunki biz o'z mamlakatimizning vakili sifatida boryapmiz. Ularni o'zimizning chuqur tarix, go'zal madaniyatimiz, qimmatli urf-odatlarimiz bilan tanishtirish qiziq bo'ladi degan o'ydaman.
Ikkinchi foydasi ingliz tilimni rivojlantirish. Hozirgi vaqtdagi darajam Intermediate, lekin, bunga qaramasdan bu tilning Vatanida yurish til darajamni ancha oshirishi shubhasiz. Bu dasturning har bir mutaxassis uchun ahamiyati katta, chunki Amerikada bahosi yo'q tajriba va til o'rganish - ko'p odamning orzusi. Tilni yaxshi bilganim evaziga turli adabiyotlarni, o'zimga kerakli aniq va chin ma'lumotlarni o'qiy olaman. Chunki hozirgi vaqtdagi ma'lumotlar, forumlar va konferensiyalar, muhim ilmiy yangiliklarning 90% ga yaqini shu ingliz tilida amalga oshirilib o'tiradi. Shuningdek, magistraturani chet elda o'qish maqsadim bor. Albatta, buning uchun ingliz tilini bilish ko'pgina mamlakatlar uchun majburiy ekanini bilamiz. Shuningdek, volontyor-o'qituvchi bo'lib, kam ta'minlangan oilalardan chiqqan bolalar uchun dars bermoqchiman. Shunday qilib, endi o'sib kelayotgan bolajonlarning ingliz tiliga bo'lgan muhabbatini ochib, ularga dunyoda ko'pgina imkoniyatlar borligini ko'rsatmoqchiman.
Uchinchi ahamiyati sifatida - mas'uliyatga o'rganish. O'z mamlakatimizda, o'z yerimizda ota-onamizdan qattiq yiroqqa ketmaganimiz uchun xavotirsiz hayot kechirib yuribmiz. Biroq, o'zga yurtda o'zga millatning madaniyati bilan tanishish orqali odam shaxsiy jihatdan rivojlanib, har tomonlama bo'lib, mas'uliyatni his qila bilishi shubhasiz. Chunki u yerda yolg'iz yurganlikdan o'z hayoti va harakatlariga o'zi javob beradigan bo'ladi. Mas'uliyatni his qilish orqali har bir odam o'zini qo'rquv, to'siq va yengilish oldidagi vahimadan ozod qiladi. Odam erkinlik va yangi baxtni his qila boshlaydi.
Yana bir foydasi va bu dasturning asosiy bir maqsadlaridan biri - mo'l mablag' topish. Faqat shaxsiy rivojlanib qolmay, dasturga sarflangan mablag'ni oqlaydigan va o'zingda ham qoladigan miqdorda pul topish mumkin. Bu mablag'ga o'zimizga va yaqinlarimizga sovg'alar olib, Amerikaning ko'rkam joylarini aylanib dam olib qaytish mumkin. Chinakamiga bu ajoyib imkoniyat!
Inson o'z maqsadlari bilan birga rivojlanib o'sib o'tiradi. Chunki u shu ko'zlagan narsalariga yetish uchun borini soladigan bo'ladi. Bu dasturning shaxs uchun ham, butun mamlakat uchun ham berar foydasi ko'p ekani aniq. Chunki, bizlar raqobatga moyil, ambitsiyali, ochiq va yetakchilik xususiyatlari ustun odamlar sifatida qaytib keladigan bo'lamiz. Tug'imizda tasvirlangan qirg'iy qush singari ko'kka qanotlarini keng yoyib samg'ay oladigan shaxs bo'lishimizga ishonchim komil.
Kelajakda bu dastur qanday bo'lmoq? Hozirning o'zida mashhur bu dastur 20 yildan keyin odatiy narsaga aylanadi degan o'ydaman. Bundan 15-20 yil oldin o'zga davlatda dam olmoq tugul, o'qish imkonsiz bo'lib ko'ringani bilan, hozirgi vaqtda chegara oshganlar faqat yoshlar orasida emas, kattalar orasida ham yetarli. Work and Travel orqali Amerikada ishlab rivojlanib kelib yotganlar, chet elda ta'lim olib yurganlar qanchami. Va ular shu imkoniyatni o'zga yoshlarga yetkazish uchun astoydil harakat qilmoqdalar. Mening o'ylashimcha, kelajakda bundan ham ko'proq talabalar AQShda bo'lib qaytadi, chunki hozirgi avlod - yangiga intiladigan, bilimli, har tomonlama, o'z imkoniyatlarini qo'ldan boy bermaydigan ongli avlod.
Bizga berilgan qisqa umrni qanday o'tkazamiz - u o'z ixtiyorimizda. Hozirgi qiladigan tanlovlarimizdan bizning kelajagimiz aniqlanadigan bo'ladi. Yoshlik chog'ida, energiyamiz va kuchimiz mo'l, miyamiz tiniq kezda biz ko'p narsaga tayyormiz: tog'lardan oshib, okeanni kesib o'tib yangi kunning ortidan yurishga qurbimiz yetadi. O'z orzularimiz va maqsadlarimizning ortidan yurishni to'xtatmaylik, qiyinchilikka bo'yin sunmaylik. Yaxshilikka bo'lgan ishonch va mehnat bizni talay dovonlarga yetkazadigan bo'ladi. Qaysi yoshda bo'lmasin yangiga intilishni to'xtatmaslik kerak. Odam chin xohlagan narsasiga qanday bo'lmasin yetadi. Va barchamizga shu baxtli lahzani boshdan o'tkazishni buyursin!