"Agar dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsang, avvalo o'zingdan boshla"
M. Gandi
Har bir inson doimo yaxshiroq, kuchliroq, yoshroq, chiroyliroq bo'lishga intiladi. U o'zini ham, atrofini ham, hayotini ham imkon qadar yaxshi tomonga o'zgartirishni xohlaydi. Masalan, odamlar doimo yuqoriroq lavozimdagi ishga intilishadi, ko'proq maosh olishni xohlashadi, hatto uyali telefoni eskirgan bo'lmasa ham, har yili yangi modelini olishga harakat qilishadi.
Men ham o'sha ko'pchilikdan biri edim. Men ham o'zimdagi resurslar bilan hayotimga ozuqa bo'ladigan, yangi g'oyalar olib keladigan, asosiysi, hayotga bo'lgan qarashimni kattaroq gradusdagi burchaklarga o'zgartiradigan imkoniyatlar izladim. Shu sababli ham, 2021-yil 9-oktabr kuni talabalik hayotimning ilk debat turniridan qaytayotgan paytimda Work and Travel dasturining o'sha yilgi bitiruvchisiga duch kelib, katta qadam tashlashga bel bog'ladim. Yolg'iz qizini qorli Qarag'andadan o'qishga, hatto Olmaotaga yuborishni istamagan onamni ko'ndirish esa bir hafta vaqtimni oldi. Bu maqsad ham bajarilgach, belini bog'lagan Ayaulim eng birinchi qadamni pasport tayyorlashdan boshladi...
Dasturga topshirayotganda ham, hatto viza olganda ham AQShga borishimga, u yerni ko'rishimga ishonmadim. Men uchun, oilada hali hech kim chet el ko'rmagan oddiy qishloqning qora qizi uchun bu mutlaqo imkonsiz orzu edi. Bormoqchi bo'lgan birinchi sababim, o'zimga chet elga chiqishning mumkinligini isbotlamoqchi edim. Mening ko'plab orzularim bor, onamga butun dunyoning yaxshiliklarini ko'rsataman degan, men esa o'sha orzuimning amalga oshishiga ishonish uchun birinchi chet elga chiqib ko'rishim kerak edi. Ikkinchidan, men hayotga mutlaqo bo'lak prizma bilan qaraydigan odamlar bilan tanishishni orzu qildim. Ularning ongi ko'zini ochganidan beri boshqa mentalitetda, boshqa jamiyat va muhitda tarbiyalangan. O'ylab ko'ring-a, biz uchun yangi odamlarda, biz o'rganib qolgan do'stlik qadriyatining ma'nosi mutlaqo bo'lak. Ularning ovqatlanish odobi ham, hatto salomlashish odobi ham mutlaqo boshqacha. Xuddi boshqa olamga tushib qolgandek tuyg'u. Ular bilan muloqot qila turib, ularning har bir mayda narsalarga qanday qarashini payqaysan, balki sen uchun ahamiyatsiz narsa ular uchun butun dunyoga tengdir? Shu kabi ming xil savollar mening ongimga tinchlik bermadi. U olamni shunchalik sog'indimki, hayotimda bo'layotgan har bir vaziyatga boshqa mentalitetda o'sgan odam qanday reaksiya bildirgan bo'lardi deb miyamda tasavvur qilish men uchun odat bo'lib qoldi. (Balki vizualizatsiya degani shudir?)
Endi qurilayotgan karyeramga yangi tanishuvlar va do'stlik, hatto yangi manzil kelajakda oldimga keladigan har xil xarakterdagi o'quvchilarni o'qitish, tanish uchun bu dastur beradigan tajriba cheksiz bo'lib ko'rindi. Men qanchalik ko'p manzilga borib, odamlarni boricha tanishga harakat qilsam, shunchalik menga har xil o'quvchilarimni ham tanib, o'qitish osonroq bo'ladi.
Ko'rib turganingizdek, men AQShga juda katta umid bog'ladim. U meni butunlay o'zgartiradi, hayotimning barcha sohalariga yaxshi ta'sir qoldiradi deb ishondim. Ha, shunday bo'ldi ham. Borishi bilan odamlar, ko'chalar, menga begona narsalarning barchasi meni yangi hayotga o'rgata boshladi. Lekin meni qattiq o'zgartirgan bulardan mutlaqo boshqa narsa...
Men borgan Massachusets shtatidagi Plimut shahrida dengiz restoranida ishlayotganimga atigi 5-kun edi. Birga yashaydigan, ham birga ishlaydigan dugonam bilan kechki beshdagi ishimizga yo'lga chiqdik. Biz Kingston nomli shahardan 7 km uzoqlikdagi Plimutga velosiped bilan borardik ishga. Veloyo'llar barcha yo'lda bo'lmaganligi sababli biz trotuar bilan kelyotgan edik. 2-3 km yo'l yurganimizda men velosipedning ruliga ega bo'la olmay qolib, trotuardan avtoyo'lga, o'ng tizzamga yiqildim. Velosiped esa mening tizzamga to'g'ri yiqilib, o'ng tizzamni asfalt va velosiped temiri "sendvich" qilib yiqildi. Nima bo'lganini to'liq tushunmagan men tura solib qonayotgan oyoq-qo'limni tuproqdan tozalay boshladim. Velosipedimga qayta o'tirib, oyog'imning og'riganini ham qattiq sezmay ishga bordim. Men ishda pitsa tayyorlardim, kechki smenaga borganim uchun, buyurtmalar ko'p kelayotgan edi. Yiqilganda o'yilib yirtilib qolgan jinsimni tizzadan yuqori qilib o'rab yurgan edim, ish vaqtining 1 soati o'tgandan keyin oyog'imga qarasam, o'ralib turgan jinsining ostidan katta bo'lib shishib ketgan tizzamni ko'rdim. Qattiq cho'chib ketib, ishdagilarni yordamga chaqirtirib, undan keyin uyga qaytib o'z bilganimcha davolashga harakat qildim. Men oyog'imni faqatgina jarohat, ham qattiq yiqilgandan keyin og'rib qolgan bo'lsa kerak deb o'yladim. Mening xonam ikkinchi qavatda edi, oyog'imni mutlaqo buka olmagan men uchun buning o'zi qiyinchilik tug'dirdi. Ikki kun dam olishimda men uyda bo'lib, barcha vaziyatni o'yladim. Onamga vaziyatni aytdim, lekin qattiq og'riyotganini, yura olmay qolganimni aytmadim. Mening bor o'yim - u faqat oyog'im omon bo'lsa ekan.
Mening o'sha paytdagi hislarimni aytib yetkazish imkonsiz. Uyining yolg'iz qizi, onasining erkatoyi uyda og'risa unga ovqatini oldiga olib kelib beradigan menga, hatto Olmaotada og'rib qolishning o'zi qiyin edi. Og'riganimda o'zimni yolg'iz qolgandek his qilardim. AQShda og'rish, og'ir travma bilan yura olmay qolish menga og'ir teggani shunchalik, meni "Qozog'istonga qaytaman" degan o'ylar ham bezovta qildi. Travmatologiyaga borganimizda, suyakning suratini tushirib, faqat sinmagani haqida gapirildi. O'sha kunlari men o'zimni bir necha yilga mental jihatdan o'sib ketgandek his qildim. Mening doimo onam yonimda meni himoya qilib yuradi degan illyuziyam bir lahzada chil-chil bo'lgani kabi. Odamda bo'ladigan eng og'ir masala - u sog'lig'iga zarar yetishi bo'lsa, men o'sha masalani uydan yiroqda duch kelganim, meni qo'llaydigan, menga g'amxo'r bo'ladigan odamlarning yonimda yo'qligi menga hayotga yangi qarash bilan qarashni o'rgatdi. Mening shunchalik orzu qilgan "yangi qarashim" menga shunday tanitdi o'zini. Yomonrog'i, balki aksincha, og'rib uyda yotgan paytda o'ying san-saqda bo'lib, hayotdagi har xil voqealarni saralaysan. O'sha lahzada qiyin bo'lsa ham, meni qiyinchiliklarga bo'yin egmaslikni, oilangdan ajralish bu oddiy holat ekanligini, ham katta hayotda bunday qiyinchiliklarning kattarog'iga ham bardosh berish uchun kuchli bo'lish kerakligini anglatgan tuyg'u. Mening o'zim xohlagan tajribalarimning boshlanishi, ularning eng kattasi deb bilaman. Mening o'sha paytda qanday uyning issiqligini, qanday onamning "qulunim" deb peshonamdan o'pganini sog'inganimni bilsangizlar edi!
Men AQShda juda ko'p havas qilish, hayron qolish, ko'ngli qolish, qattiq quvonish hislarini sezsam ham, odamlarning "AQSh qanday ekan?" degan savolini eshitgan paytda mening esimga shu voqea tushib, titratib yuboradigan tuyg'u shu kabi. Aytmoqchi, oyog'im hozirgi kunda sog', faqat davo-muolaja qabul qilish kerak kelgusi vaqtda.
O'sha bir 2021-yilning kuzida qabul qilgan qarorim menga barcha narsa mumkin ekanligini isbotladi. Moliyaviy mustaqil bo'lish, shtatlar orasida o'ta oson sayr qila olish imkoniyatini hadya qildi. Mening miyamda hozirgi kunda "chet elga chiqish qiyin" degan barer yo'q, o'z kelajagimga hech qanday qo'rquvsiz chet el bilan bog'liq rejalar tuza olaman, men uchun chet elda o'qish va ishlash u oddiy ham mumkin holatga aylandi. Mening bosh xohlaganim ham shu edi, barchasi mumkin ekanligini anglash. Menga yana yoqqan tuyg'u, miyamdagi mentalitetdan kelgan salbiy stereotiplarni olib tashlagani. Hozir men Instagramdagi 18 yoshli millionerlar bilan o'zimni solishtirib, o'zimni sabzavot kabi his qilmayman, chunki men millioner bo'lmasa ham ambitsiyaga to'la yoshlar bilan, ularning g'oyalari bilan tanishib ko'rdim. Har bir shaxsning o'ziga xos qadriyatlari bor, ham ularni solishtirish, olma va bananni ranglariga qarab solishtirish kabi ma'nosiz ekanini tushundim. Men uchun odamlarni ular qanday bo'lmasin hayotiy tajribalariga qarab solishtirish, ularning millati, madaniyati va diniga qarab solishtirgan qaraganda yuqori turishi yana bir bor isbotlandi. Mening oldimga qo'ygan maqsadlarim bajarilishiga ishonchli bo'lish bilan bir qatorda, ularni o'zimning ko'rgan bilgan odamlarimning o'yi kabi qadriyatlar bilan to'ldira boshladim. Masalan, bizning uyning ikki aka-uka lendlordlari har juma kunlarini o'zlari uchun oila kuni deb tayinlab, onalarini ergashtirib, uchtasi faqat oilaviy uchrashuvga chiqishardi. Mening onamga chet el aylantirish degan orzuim esingizdami? O'sha orzuimga endi onamga e'tibor berish, har hafta u bilan gaplashib, uchrashuvga chaqirib, oila kunini tayinlash ham qo'shildi. Meni quvontiradigani, chet elda uch oy bo'lib kelish mening kelajakda tarbiyalaydigan minglab o'quvchilarimga ham yordam berishi. Ularni o'zim o'rgangan oila kuni kabi ko'plab yaxshi fazilatlarga o'rgata olishim ham men uchun katta g'alaba. Bu dunyoda yaxshi, halol odamlarning ko'p ekanligi, ular bilan do'stlashib, tajriba almashish - mening Yer sharida yana bir uyimni shakllantirdi.
Mening yana bir quvonadiganim, AQSh kabi katta davlatni 19 yoshimda sayohat qila olganim. Sababi, masalan 23 yoshimda sayohat qila boshlasam, boshimdan o'tgan barcha hislarni boshqacha o'ylab qabul qiladigan edim. 15 yoshimda o'qigan kitobni 25 yoshda o'qisang, mutlaqo boshqa hislarni boshdan kechirishing kabi, mening ham 19 yoshimda boshimdan o'tkazgan tajribamni, keyingi borganimda mutlaqo boshqacha hislarni sezishga ulayman degan ishonchdaman.

