Umuman olganda, “Work and Travel” dasturi nima? Nima uchun ko'plab bakalavr va magistratura talabalari AQShga intilishmoqda? Qanday ijobiy tomonlari bor? Yoki qanday kamchiliklarini aytish mumkin?
Men oddiy, Qozog'istonning Olmaota shahridagi Al-Farobiy nomidagi universitetning magistranti bo'laman. Masalan: “nima uchun men borishim kerak?” degan savolga javob beray. Umuman olganda, chet elga chiqish, xususan Amerikaga borish mening eng asosiy orzuim va maqsadim. Bakalavr paytida ha, shunchaki orzu edi. Imkonsiz orzu. Chunki hammaga ham Amerikaga borish nasib qilavermaydi. Shunday emasmi? Hozir esa orzu emas, maqsad. Chunki o'zimni to'liq tayyorladim. Ingliz tili kursiga yozilib, darajamni pre-intermediate-ga ko'tardim, hozir intermediate darajasida bilim olmoqdaman. Ha, ingliz tilini o'qimasdan ham borish mumkin. Lekin bu menga kerakmi? Mening borganimdan maqsadim, avvalo o'zim orzu qilgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, xalqi bilan erkin muloqot qilish, u yerga singib ketishdir.
Bu mening bakalavr paytimda chizgan orzular xaritasi. Ishonasizmi? Eng muhimlaridan biri qilib Amerikani, xususan Nyu-York shahrini tasvirladim. O'ylab ko'ringchi, Tayms-skverda turib bularning barchasiga erishganingni his qilish... Bu albatta sizning mehnatingiz. Mehnat bilan, oldinga intilish bilan barchasiga erishish mumkin. Bu hayotda cheklov yo'q, cheklov faqat bizning miyamizda. Yo'q degan narsamizning ha bo'lishi ham o'z qo'limizda. O'ylashga arziydigan so'zlar..
Asosiy ma'nosi: boshqacha bo'lish. Boshqalar kabi emas. Ko'p pul toping, til o'rganing, yangi odamlar bilan tanishing, dunyoqarashingizni kengaytiring va ko'plab tanishlar qariguncha borishni orzu qiladigan joyda suratga tushing. Sizning qo'lingizdan keladi.
Aytib o'tganimdek, oddiy oilada, qishloq joyda o'sdim. Amerika men uchun hatto orzu qilishga ham qiyin edi. Ishonasizmi? O'zimni qanday cheklaganimni? Hozir esa dadil qadam bilan qo'limdan kelishiga ishonchim komil.
Hozirgi “Work and Travel” dasturi qanday? Men albatta borib ko'rmagan odamman, lekin bir oz ma'lumotlarni yig'ib yozishni ma'qul ko'rdim. Amerika - bu orzular, maqsadiga tik turib o'zini ko'rsata olgan talabalar makoni. Har kimning ham qo'lidan kelmasligini hammamiz aniq bilamiz. Eng asosiysi, hozirgi dastur bilan borib kelgan talabalarning qiyofasidan quvonch, baxt, hayotga bo'lgan qiziqishni aniq ko'rish mumkin. Yaqinda do'stim borib keldi. Bilasizmi, qanday baxt bilan u Amerika haqida gapirganini? Uning hayoti, o'ziga bo'lgan ishonchi undan ming barobar ortdi, hatto so'zlashish uslubi, fikrlashi, dunyoqarashi o'zgardi. Mana, eng asosiy sabab shu emasmi? Amerika odamni o'zgartiradi. Odamning ko'zini ochadi.
Tasavvur qilingchi, Amerika. Katta bir shtatda. Qanday ajoyib! Ha, oilangizni sog'inasiz, qiyin bo'ladi. Lekin do'stim, sen Amerikadasan! Hatto tasavvur qilishning o'zi ajoyib.
Qanday plyuslari bor? Agar plyuslari bo'lmasa, hech kim bunday intilmas edi. Mening maqsadim, u yoqqa borib pul topish emas. Men hali yoshman, pul topib ulguraman. Asosiy maqsadim, Amerikada uzoq vaqt yashash. Hozir menda bor imkoniyat, keyin bo'ladi deb o'ylaysizmi? Balki ha bo'lar, lekin kim kafolat beradi? “Work and Travel” dasturi bilan talabalar bora oladi. Shu sababli ham bu imkoniyatdan to'liq foydalanmoqchiman.
Shu bilan birga yangi muhit topaman. Ya'ni, chet ellik fuqarolar bilan muloqot qilib, do'stlashishimga ishonchim komil. Ingliz tilida gaplashib, darajamni ko'taraman. Amerika xalqi bilan muloqot qilaman, singib ketaman. O'zim kichkinaligimda kinolardan, multfilmlardan ko'rgan joylarni o'z ko'zim bilan, haqiqiy ko'raman. Mana, buning uchun Amerikaga borish arziydi.
30 yoki 40 yildan keyin dasturni qanday tasavvur qilaman? O'zi yoqtirgan dasturni albatta faqat yaxshi ko'z bilan ko'rasan. Kelajakda ham faqat yaxshi bo'lishiga kafolat bo'lasan. Biroq mening fikrimcha, bir nechta kompaniyalar bilan kontrakt imzolashga, boshqa shtatlarda ishlashga va h.k. ko'raman.
Bir yil oldin «yozni Amerikada o'tkazing» degan ibora menga fantastik serialdan chiqqan narsa bo'lib ko'rindi. Talabalardan AQShdagi yozi haqidagi ajoyib hikoyalarini yonib turgan ko'zlarim bilan o'qiganim esimda, men shu ajoyib hislarni o'zim his qilishni orzu qilaman.
Ichimdagi kichkina Arujanning orzusini shunday amalga oshirmoqchiman. Va bu orzuimni, International Exchange Center bilan amalga oshirmoqchiman. Bunday imkoniyat berib, tanlov tashkil qilganlaringizga minnatdorman!
"Sayohat qiling, afsuslanmaysiz. Ayfonlar, ko'ylaklar va boshqa moddiy narsalar yaxshi. Lekin sayohatdan olgan taassurot hech narsani almashtira olmaydi."


