Bu yerda haydovchimiz almashdi, har doimgidek afroamerikalik. Men ularning gaplarini tushuna boshladim, avvaliga umuman hech narsani tushunmasdim. Masalan, "ge nama na" deganini tushunarmidingiz? Bu "To'qqizinchi darvoza" degani va yana shunga o'xshash ko'plab misollar bor. Biz u bilan Richmondga bordik, men u yerda avtobusdan tushmadim, uyqum kelayotgan edi...

