Las Vegas — qimor o'yinlari, kazino va pul yutqazish shahri. Men hech qayerda bunchalik ko'p kazino va qimorboz odamlarni ko'rmaganman. Las Vegasga borib, avtomatga bir dollar tashlamaslik mumkinmi? Unda siz bu shaharda bo'lmagansiz. Men 1$ tashladim va 1,19$ yutib oldim. Bu shahar cho'lda qurilganini bilardim, lekin bunchalik issiq bo'lishini o'ylamagandim, bu shaharda faqat kechqurun sayr qilish kerak. Bu shahar o'z markazi bilan yodimda qoldi. U dunyodagi barcha eng mashhur arxitektura namunalarini o'z ichiga olgan. Bu shaharda bo'lgach, boshqa shaharlarga borishning ham hojati yo'q. Masalan, men u yerda Eyfel minorasini ko'rdim, unga chiqish ham mumkin. Misr, Venetsiya, Nyu-York va boshqa ko'plab shaharlar bitta Las Vegasda joylashgan. Bu juda ko'p vaqtni tejaydi.




